INGICHKA

INGICHKASamarqand viloyati Nurobod tumanidagi shaxarcha (1944-y. dan). Zirabuloq togʻlarining jan. sharqiy yon bagʻrida, Ingichka soyi boʻyida joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Katta-qoʻrgʻondan 28 km. Aholisi 10,3 ming kishi (2001), asosan, oʻzbeklar. I. ning oʻrta qismidan Ingichkasoy oqib oʻtadi. Ingichkaga Zarafshon daryosidan uz. 28 km li quvur orqali suv keltirilgan. Ingichka 1948-y. Ingichka volfram konining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Iqlimi keskin konti-nental. Ingichka 7 balli seysmikzonadajoylashgan. Ingichkada «Volfram» kon boshqar-masi, «TMTE» (ekspeditsiya), «Samarqandgips», «Shaxta» qurilish boshqarmasi faoliyat koʻrsatadi. Ingichkada 2 umumiy taʼlim maktabi, 1 musiqa maktabi, 1 kasbhunar kollejida 150 dan ziyod oʻqituvchilar taʼlim beradi. 75 oʻrinli shifoxona, 20 oʻrinli tugʻruqxona, poliklinika boʻlib 160 vrach va oʻrta maʼlumotli mutaxassis xizmat qiladi. Stadion, sport inshooti, madaniyat uylari, 2 xiyobon, 2 kutubxona bor. I. — Kattaqoʻrgʻon, Ingichka — Samarkand yoʻnalishlarida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Nurobod — Qarnob, Agron — Oqtosh marshrutidagi avtobuslar Ingichka orqali oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x