QODIROV Nabijon Oʻlmasovich

QODIROV Nabijon Oʻlmasovich (1957.26.2, Rishton tumani) — kulol, rishton kulollik maktabining yirik vakili; Oʻzbekiston xalq ustasi (2001). 1969-y. dan usta kulol Yoʻldoshali Ergashevga shogird tushib hunar oʻrgangan. 1978-y. dan mustaqil usta, tumandagi kulolchilik z-dida usta-rassom. Qodirov mahalliy kulolchilik anʼanalarida buyumlar yaratadi, Rishton kulolchilik maktabida kichik shaklli haykaltaroshlik asarlari (loydan kichik mavzuli etyudlar, oʻyinchoqlar, mujassamotlar) yaratishni boshlab berdi hamda ularni anʼanaviy (lagan, bodiya) buyumlar bilan uygʻunlashtirishga erishdi: «Hor-diq», «Novvoy», «Dehqon», «Choyxona», «Chorgul», «Bodomgul», «Hashtgul», «Askiya» kabi koʻplab kulollik mujassamotlari va b. Q. haqida «Rishton moʻjizasi» nomli hujjatli film yaratilgan (1999). Qodirov oilaviy kulollar sulolasiga asos soldi: ukalari (Nodir, Shavkat, Ahror, Abror), singillari (Zamira, Ziyoda), oʻgʻillari (Asror, Sayyod) va b. shogirdlari bilan birga mehnat qilib, Rishton kulollik maktabini yangi anʼanalar bilan boyitmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x