OQQOVOQ GESLARI

OQQOVOQ GESLARI — Oʻzbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stansiyalari. Toshkent viloyatidagi Chirchiq-Boʻzsuv kanalida qurilgan. 1-GES 1941-y. noyab. da kurila boshlab, 10,7 ming kVt quvvatga ega boʻlgan 1-navba-ti 1943-y. 7-martda ishga tushirilgan. 2,61 ming kVt quvvatli 2-navbati 1946 y iyulda qurila boshlanib, 1951-y. iyulda tugallangan. GESda yiliga oʻrta hisobda 170 mln. kVt-s elektr energiya-si hosil qilinadi. «Oʻzbekenergiya» davlataksiyadorlik kompaniyasining «Chirchiq GESlar kaskadi» shoʻba korxonasi tarkibida. 2-GES 4 km quyiroqda, 1943—46 y. larda qurilgan. GES tuproq-toʻgʻon, uz. 2833 m boʻlgan ochiq derivatsiya kanali, bosim havzasi, stansiya binosi va ochiq elektr taqsimlash qurilmasvdan iborat. Stansiya binosida umumiy quvvati 9 ming kVtli 2 ta agregat oʻrnatilgan. GESda yiliga oʻrta-cha 65 mln. kVt-s elektr energiyasi hosil qilinadi, «Krdriya GESlar kaskadi» shoʻba korxonasi tarkibiga kiradi.

Elektr stansiyalar Toshkent viloyatining yirik sanoat korxonalarini va aholini elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x