QOʻLTIQ

QOʻLTIQ, koʻrfaz — okean, dengiz va koʻllarning quruqlik ichkarisiga kirib turgan va asosiy havza bilan bemalol suv almashib turadigan qismi. Qoʻltiqning gidrologik va gidrokimyoviy holati asosiy suv havzasining holati bilan bir xil boʻladi. Ayrim hollarda iqlimning mahalliy xususiyati va materikdan borgan suv tufayli Qoʻltiq suvi yuza qismining gidrologik sharoiti birmuncha farq qilishi mumkin. Baʼ-zan okeanlarning dengizlarga xos xususiyatlar (gidrologik rejim)ga ega boʻlgan qismlari ham Qoʻltiq deyiladi (Mek-sika, Gudzon, Fors, Kaliforniya va b.). Eng katta Qoʻltiq lar: Fors koʻrfazi, Adan, Alyaska, Bengaliya, Biskay, Katta Avstraliya, Gvineya va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x