QIZDIRISH ASBOBLARI — moddalar, narsalar va muhitni qizdirish, binolarni isitish uchun moʻljallangan issiklik texnikasi asboblarining umumiy nomi. Issiqlik ishlab chiqaruvchi (generatsiyalovchi) va issiqlik almashinuvchi turlarga boʻlinadi. Birinchisida turli xil energiya, mas, kimyoviy (yoqilgʻi yonganda ajraladigan) energiya issiqlik energiyasiga aylanadi, ikkinchisida har xil issiqlik eltuvchilar (mas, qaynoq suv, bugʻ) issiqligi atrofga tarqatiladi (q. Isitish). Qizdirish asboblari, asosan, kimyoviy (gaz asboblari, kalorifer va boshqalar) va elektr asboblarga ajraladi. Gaz Qizdirish asboblarining asosiy qismi — gaz gorelkasi. Elektr Qizdirish asboblarining asosiy qismi — elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib beradigan qizdirish elementi. U nixrom, fexral yoki elektr qarshiligi yuqori, mustahkam va yuqori trada oksidlanmaydigan, issiqqa chidamli qotishmalardan sim yoki lenta tarzida tayyorlanib, izolyatsiyalovchi va issiqqa chidamli material — chinni, slyuda (mikonit), shamot va boshqalardan iborat karkas ustiga oʻrnatiladi. Elementning ochiq va berk turlari bor. Ochiq element issiqlikni konveksiya va yorugʻlik tarqatish yoʻli bilan oʻtkazadi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии