QISHLOQ XOʻJALIGINI MEXANIZATSIYALASH

QISHLOQ XOʻJALIGINI MEXANIZATSIYALASH — q. x. da insonning jismoniy (qoʻl) mehnatini mashina va mexanizmlar bilan bajarish. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash ishidagi eng muhim masalalardan biri. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashning mahsuldorligi seleksiya, kimyolashtirish va b. bilan bir qatorda barcha turdagi q. x. ishlarini mexanizatsiyalash darajasi bilan belgilanadi. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlardan biri — mehnatning energiya bilan qurollanishi [i. ch. jarayonida mehnatning barcha turdagi (elektr, mexanik va issikdik) energiya bilan taʼminlanish darajasini ifodalovchi koʻrsatkich] va texnika bilan kurollanishi darajasidir. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash darajasi mehnatni mexanizatsiyalash bosqichi b-n, yaʼni mexanizatsiyalashgan mehnat salmogʻining q. x. mahsuloti ishlab chiqarishga sarflangan umumiy xarajati bilan baholanadi.

20-a. ning 20-y. lariga qadar Oʻzbekiston q. x., asosan, mayda ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlib, q. x. da qoʻl mehnati va oddiy ish qurollari (ketmon, omoch, ot, xoʻkiz va b.) ishlatilgan. 20-y. lar oʻrtalaridan q. x. asbob-uskunalarini ijaraga beradigan davlat punktlari, 1924-y. «Traktor markazi» tashkil etildi, chet ellardan sotib olingan traktorlar va b. texnika vositalari dastlabki jamoa xoʻjaliklari (kolxozlar) ga yetkazib berildi. 1929-y. respublikada 400 dan ortiq traktor, 3611 avtomashina, 3897 plug, 1660 dona otga qoʻshib ishlatiladigan ekish seyalkasi, 1244 kultivator, 1262 ochar (okuchnik), 187 molotilka (yanchgich), 87 mingdan ortiq arava, 26 ming brichka (toʻrt gʻildirakli mujik arava) va b. ishlatildi. 1930-y. ga kelib davlat tomonidan jamoa va davlat q. x. korxonalariga texnik xizmat koʻrsatadigan, oʻzining moddiy-texnika resurslari, mexanizator xodimlari, taʼmirlov va taʼminot bazasiga ega boʻlgan mashina-traktor st-yalari (MTS) tashkil etildi (q. Mashinasozlik sanoati). 1940-y. lar boshida respublikada 180 ta MTS ishladi. keyingi yillarda MTSlarning sifat tarkibi oʻzgardi, u yangi konstruksi-yadagi mashinalar bilan toʻlatildi. Xoʻjaliklar kuchli quvvatga ega traktorlar, yuqori unumli don kombaynlari, keng va koʻp qatorli mashinalar (mas, paxta terish mashinalari), shuningdek, bir yurishda bir qancha operatsiyalarni bajaradigan mashinalar bilan qurollantirildi. Yer qaziydigan, melioratsiya mashina va qurollari, zamonaviy yuk avtomobil va traktor pritseplari, maxsus avtotransportlar i. ch., ularni q. x. ga yetkazib berish yil sayin koʻpayib bordi. 1990-y. lar boshiga kelib respublika q. x. da 182 ming traktor, 30,5 ming yuk avtomobili va b. q. x. mashinalari ishladi. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni elektrlashtirish kjsaldi. Chorvachilik va parrandachilikda sanoat tipidagi yirik va ixtisoslashtirilgan fermalar qurilib elektr bilan ishlaydigan mashinalar texnologiyasi joriy qilindi. Elektr energiyasidan sugʻorishda (nasos styalari), chorvachilikda, omborxonalar va sovuqxonalarda va b. tarmoqlarda tobora qoʻproq foydalanilmoqda. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashda asosiy dala ishlari (yer haydash, ekish, kultivatsiya bilan birga oʻgʻitlash, don ekinlarini yigib olish va b.) toʻliq, ekin qator oralariga ishlov berish, paxta terish kabi ishlar yuqori darajada mexanizatsiyalashtirildi. 2001—2005-y. larda respublikaga chet ellardan q. x. texnikasi («Keys» gʻalla oʻrish, paxta terish kombaynlari, traktorlar) keltirildi, q. x. korxonalariga xizmat koʻrsatadigan 184 tuman mashina-traktor parklari (MTP) va dehqon-fermer va b. xoʻjaliklar uyushmalariga qarashli 1007 muqobil mashina-traktor parklari tashkil etildi.

Azimiddin Sirojiddinov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x