RETSEPTORLAR

RETSEPTORLAR (lot. receptor — qabul qiluvchi) — tashqaridan (eksterotseptorlar) yoki organizmning ichki muhitidan (interotseptorlar) taʼsirotni qabul qilib va uni nerv impulslariga aylantirib, markaziy nerv sistemasiga oʻtkazib beradigan sezuvchi nerv tolalari uchlari yoki maxsus hujayralar.

Eksterotseptorlar odam yoki hayvon tanasining tashqi yuzasida joylashgan boʻlib, tashqi muhit taʼsirotlari (Mas, yorugʻlik, tovush toʻlqinlari va b.)ni, monomodal Retseptorlar faqat bir xil (Mas, mexanik taʼsir yoki yorugʻlikni), polimodal Retseptorlar esa har xil (Mas, kimyoviy va mexanik) taʼsirotni bir vaqtda qabul qiladi. Shuningdek, interoretseptorlar, birlamchi Retseptorlar va ikkilamchi Retseptorlar bor. Birlamchi Retseptorlarning tashqi taʼsirni qabul qiluvchi negizi sensor (sezuvchi) neyronda boʻlib, u taʼsirotdan bevosita (birinchi) qoʻzgʻaladi. Ikkilamchi Retseptorlarda esa taʼsirlovchi bilan sensor neyron oraligʻida tashqi taʼsirot energiyasini nerv impulslariga oʻzgartiruvchi qoʻshimcha maxsus hujayralar mavjud. Retseptorlar taʼsirlanishidan hujayra membranasida bioelektr potensiallari retseptor potensiallariga oʻzgaradi. Bunda retseptor hujayra ritmik impulslarni bevosita hosil qiladi yoki ularni boshqa neyronda sinapslar vositasida paydo boʻlishiga olib keladi. Taʼsirotning uzoq davom etishi tufayli Retseptorlardan boshlanuvchi nerv tolasida impulslar chastotasi kamayib ketadi, natijada fiziologik adaptatsiya vujudga keladi. Har xil Retseptorlar funksiyasi (Mas, vestibulyar apparatdagi va boshqa Retseptorlar) oʻzaro bogʻliq. Ular faoliyatini markaziy nerv sistemasi boshqaradi. Retseptorlar funksiyasi bioelektr potensiallarini bevosita Retseptorlardan yoki u bilan bogʻliq nerv tolasidan, shuningdek, Retseptorlar qoʻzgʻalishidan hosil boʻlgan reflektor reaksiyalarni qayd etish yoʻli bilan oʻrganiladi.

Farmakologik (hujayraviy yoki toʻqima) R. effektor hujayra membranasida joylashgan. Bular nerv va endokrin sistemaning boshqaruvchi hamda ishga tushiruvchi signallarini, koʻpgina farmakologik preparatlarning shu hujayraga tanlab taʼsir etishini kabul qiladi, koʻrsatilgan taʼsirni uning oʻziga xos biokimyoviy yoki fiziologik reaksiyaga oʻzgartiradi. Nerv sistemasining farmakologik Retseptorlar vositasida yuz beradigan ishi fanda yaxshi oʻrganilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x