QAYUMOV Malik Qayumovich

QAYUMOV Malik Qayumovich (1912.22.4, Toshkent) — kinorej., kinooperator. Oʻzbekiston xalq artisti (1948). Xalq artisti (1967). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1946). Mehnat Qahramoni (1981). Butunittifoq kinematografiya instituti (VGIK)ni tugatgan (1932). Faoliyatini Toshkent «Sharq yulduzi» kinofabrikasida kino artisti hamda kinooperator yordamchisi sifatida boshlagan (1929—31). Dastlab «Bagʻdodda «amerikon paxtasi»» (1931), «Qumlikdagi voha» (1932), «Oʻlim qudugʻi» (1939) kabi filmlarda rollar oʻynagan. Toshkent kinoxronika studiyasida operator, ayni paytda «Soyuzkinoxronika»ning Oʻrta Osiyo muxbiri (1932 — 40). Hujjatli filmlar markaziy studiyasining 2-jahon urushi frontlaridagi harbiy kinooperatori. Toshkent badiiy va hujjatli xronikal filmlar studiyasida kinooperator, rej., xronika direktori, badiiy rahbari (1946—60). Oʻzbekiston ilmiyommabop va hujjatli fiLmlar studiyasining direktori, badiiy rahbari (196175). 197693-yillar Oʻzbekiston kinematografiya xodimlari soyuzi pravleniyesining birinchi kotibi. Qayumov ijodiy faoliyati davomida 200 dan ortiq hujjatli va ilmiyommabop filmlar yaratdi. U oʻz filmlarida Oʻrta Osiyo hayotiga oid voqealar, uning tabiati, fani va xoʻjalik hayotini aks ettirgan. Toshkent Fargʻona kanali qurilishiga bagʻishlangan Q«udratli oqim» (hamkorlikda yaratilgan), «Toshkent toʻqimachilik kombinati», «Oʻzbekiston geografiyasi», «Ona diyor», «Toʻrt darvozali shahar», «Farhod chiroqlari», «Hindiston tongi», «Oʻzbekistonimizga keling», «Insoniyatning besh qoʻli», «Vyetnam — mening mamlakatim», «Bahordan bahorgacha», «13 qaldirgʻoch», «Toshkent, Zilzila», «Goʻzallikning uch siri», «Samarqand hamisha men bilan», «SanʼaTga baxshida umr», «Oltin Bengaliya», «Oʻzbek atlasi»,, «Paranji», «Sharqda shunday shahar bor» (yoki «Toshkent bilan uchrashuv»), «Bryussel» va boshqalar qisqa, toʻla metrajli filmlari oʻzbek hujjatli kinosi rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Qayumov nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon hujjatli kinosi rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshdi va bu oʻz vaqtida Nyu-York, Venetsiya va Leypsig xalqaro kinofestivallarining katta oltin medallari va «Oltin Kabutar» mukofoti bilan, jahon hujjatli kinosi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun maxsus diplom bilan taqdirlangan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1964). «Elyurt hurmati» ordeni (1999) va «Jasorat» medali bilan mukofotlangan (1995).

Ad.:Hasanov B., Oʻzbek hujjatli kinosi, T., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x