Qayum Ramazon


Post Views:
53

QAYUM RAMAZON (taxalluslari: Qayum, O‘ktam, Turg‘unboy qori, Ramazon qori) (1900–1938.4.10) – o‘zbek pedagogi, jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunos. Toshkentda tug‘ilgan. Munavvarqorining yangi usul maktabi hamda madrasada, Boku pedagogika institutida (1916–17) o‘qigan. 1918–21 yillarda o‘qituvchilar tayyorlash kursi va boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi. Fitrat bilan birga «Chig‘atoy gurungi»ni tashkil qilgan va unda kotib bo‘lib ishlagan (1919). «Qizil bayroq» va «Turkiston» gazetalarida adabiy xodim (1921–23). Fan qo‘mitasi huzuridagi Til va adabiyot institutida dotsent (1934–37). O‘zbek maktablari uchun dastlabki ona tili darsliklarini yaratgan. «Ona tili» (Fitrat va Sh. Rahimiy bilan birga, 1918), «Bilim yo‘llari», «Yozuv yo‘llari» (1919), 4 kitobdan iborat «O‘zbekcha til saboqligi» (Munavvarqori va Sh. Zunnun bilan hamkorlikda, 1925–26), «Yer yuzidagi tillar orasida o‘zbek tili» (1930), «O‘zbek tilining imlo qoidalari» (1931), «O‘zbek tilining birlashgan imlo qoidasi» (1934), «O‘zbek tili ish kitobi» (Sh. Shamsiy bilan hamkorlikda, 1935–36) kitoblari muallifi. «Xalq dushmani» sifatida otib tashlangan. 1957 yilda oqlangan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/qayum-ramazon-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x