QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI

«QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI» MUZEYIOʻzbekiston FA tizimidagi ilmiymaʼrifiy muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash toʻgʻrisida» (2001-yil, 1 may)gi farmoni asosida Toshkent shahrida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui (2002-yil, 31 avg. da) barpo etilgan. Muzey chor va sovet hokimiyati davrida vatan ozodligi yoʻlidagi faoliyati hamda xattiharakati uchun qatagʻon etilgan vatandoshlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Muzeyning ilmiytematik ekspozitsiyasi quyidagi 7 boʻlimdan iborat: 19-asrning oʻrtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari; Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20-y. lardagi qatagʻon; «Quloqlashtirish» kompaniyasi (30-y. lar); 30-y. lardagi qatagʻon; 40 —50-y. lardagi qatagʻon; 80-y. lardagi qatagʻon («Paxta ishi»); Mustaqil Oʻzbekistonda qatagʻon qurbonlari xotirasining eʼzozlanishi.

Muzeyning asosiy vazifalari quyidagilar: qatagʻonchilik siyosatining paydo boʻlish sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish; mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi otabobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash; qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviymaʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish va targʻib etish; qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini oʻrganish; ilmiyijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish; muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish. Muzey «Shahidlar xotirasi» xayriya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda «Qishloq fojiasi» (R. Shamsutdinov), «Abdulla Qodiriy» (S. Mirvaliyev), «Choʻlpon» (N. Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuning «Tanlangan asarlar»ini nashr etgan, Oʻzbekiston hujjatli va badiiy filmlar kinostudiyasi hamda «Oʻzbektelefilm» studiyasi bilan hamkorlikda «Barhayot xotira», «Armonli yillar koʻzgusi», «Fidoyi olim», «Mirtemir» singari hujjatli filmlar yaratgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob meʼmoriy inshootlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi va gʻoyasi asosida loyihalangan va bunyod etilgan (2002, meʼmori A. Turdiyev va boshqalar). Bino anʼanaviy meʼmorlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq va boshqalar)da qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan. Muzey binosi murabba tarhli (20×20 m), bal. 20 m, gumbazli (bal. 6,2 m, diametri 5,8 m; feruza rang gumbazi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuidagi ayvon gumbazi bilan uygʻun), bino atrofi kengligi 4 m boʻlgan ochiq ayvon bilan oʻralgan, undagi 28 ta ustun va toʻsinlar hamda 4 tarafdagi kirish zinapoyalari binoga oʻziga xos salobat baxsh etadi. Binoning pastki qismida texnikmuhandislik, maʼmuriyat va boshqalar qoʻshimcha xonalar joylashgan, ular koʻrgazma zali bilan maxsus yoʻlak va zinapoyalar orqali uzviy bogʻlanadi. Bino bezagida marmar, haqiq, granit toshlar, rangli koshinlardan foydalanilgan, yogʻoch oʻymakorligi (AAbdullayev, S. Rahmatullayev, N. Sohibnazarov va boshqalar), ganchkorlik (M. Murodov va boshqalar), naqqoshlik (A. Karimov va boshqalar), koshinkorlik (M. Mamajonov, R. Muhammadjonov, M. Shedrin, V. Gan va boshqalar), gumbazning ichki bezagida murakkab iroqi muqarnas mahorat bilan qoʻllanilgan. Binoni barpo etishda Toshkent shahri meʼmorlik bosh boshqarmasi hamda «Usto» ijodiy ishlab chiqarish uyushmasi ustalari faol ishtirok etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x