QARSHI MUHANDISLIKIQTISODIYOT INSTITUTI

QARSHI MUHANDISLIKIQTISODIYOT INSTITUTIqishloq xoʻjaligi, neft va gaz sanoati, elektr va issiqlik energetikasi, oziqovqat sanoati, kimyoviy texnologiya va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari hamda taʼlim sohasi uchun yuqori malakali muhandislar, iqtisodchi va muhandispedagog bakalavrlar va mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. U Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Qarshi filiali negizida 1992-yilda tashkil etilgan. In-tda 17 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 7 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar va aspiranturada 3 ixtisoslik boʻyicha ilmiypedagogik xodimlar tayyorlanadi. In-tda q. x. ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash, xalq xoʻjiligi iqtisodiyoti, agronomiya, neft va gaz ishi, elektrotexnologiya sohalari boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. in-t qoshida litseyinternat, akademik litsey, biznes maktablari, mutaxassislar malakasini oshirish boʻlimi, «Iqtidorli talabalar bilan ishlash», «Axborot texnologiyalari va masofaviy taʼlim» markazlari, kichik bosmaxona faoliyat koʻrsatadi. Intda 24 ta kafedra, kutubxona (130 ming kitob) mavjud. 2003—2004 oʻquv yili In-tda 3682 talaba oʻqidi. in-t tashkil etilgandan buyon 12 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis va bakalavrlar tayyorlandi. in-t Rossiya, AQSH, Germaniya, Turkiya va boshqalar mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. In-tda talabalarning dam olish oromgohi, sogʻlomlashtirish markazi, sport saroyi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x