QARSHI CHOʻLI

QARSHI CHOʻLI, Qarshi dashti — Oʻrta Osiyoning jan. dagi tekislik. Qashqadaryo viloyatining gʻarbiy va Turkmanistonning sharqiy qismida joylashgan. Mayd. 13 ming km2. Sharqda Hisor va Zarafshon togʻlarining togʻ oldi oʻydimchuqur qiya tekisliklari, shim. da Qarnob choʻli, gʻarb va jan. gʻarbda Devxona platosi, jan. va jan,sharqda Amudaryo va Qashqadaryo havzalarini ajratuvchi tepaliklar bilan chegaralangan. Qarshi choʻlining asosiy qismini Qashqadaryoning deltasi egallagan. Qarnob choʻli bilan Qarshi choʻli oʻrtasidagi tabiiy chegara Shoʻrsoy botigʻidan oʻtadi. Qarshi choʻlining relyefi, asosan, toʻlqinsimon tekislikdan iborat. Oʻrtacha balandligi sharqiy qismida 400—500 m, gʻarbida esa 200—260 m. Q. ch. zamini paleozoy davrida vujudga kelgan. Keyingi geologik davrlarda bir necha marta suv ostida qolgan. Paleogenning oxiri va neogenning boshlarida dengiz suvi chekinib quruqlikka aylangan. Yer yuzasining ustki qavati, asosan, daryo va soylar oqizib keltirgan oqiziqlar — loyqalar, qumoq va qumloq yotqiziqlar qum bilan qoplangan. Qarshi choʻlida Qoʻngʻirtov, Kosontogʻ, Maymanoqtov, Aloviddin, Doʻltalitov, Qoraqir, Saksondara kabi qirlar, Shoʻrsoy, Choragʻil kabi botiklar bor. Platosimon va oddiy qirlar (Saritosh — Jarqoq, Oqjar, Azkamar, Setalantepa, Buyerman va boshqalar) mavjud. Choʻlning jan. gʻarbiy va gʻarbiy qismining katta maydonlari qum uyumlari va tepalari bilan band. Iqlimi keskin kontinental, qishi qisqa (yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 1,5°, eng past t-ra — 28°). Bahor erta keladi, lekin, juda tez issiq boshlanadi. Yozi uzoq davom etib, juda quruq va issiq boʻladi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 28,2°—31,6°. Eng yuqori t-ra 47°. Vegetatsiya davri 226—248 kun. Yogʻin kam, hudud boʻyicha notekis taqsimlangan (gʻarbida 146 mm, sharqida 230 mm gacha). Asosiy qismi qish va bahorda yogʻadi. Qor qoplami har yili bir xil emas, baʼzi yillar 10—25 kun saqlanishi mumkin. Qor qalinligi 15—20 sm, ayrim yillari 30—40 sm ga yetadi. Shamol va chang toʻzonli boʻronlar boʻlib turadi. Yozda quruq va issiq havo oqimlari («garmsel») koʻpincha changli boʻronlar bilan birgalikda sodir boʻladi. Choʻlda tabiiy suv manb&tari kam (Qashqadaryoni hisobga olmaganda). Oʻzlashtirilgan yerlarni suv bilan taʼminlashni yaxshilash va yangi yerlarni xoʻjalik muomalasiga kiritish maqsadida Qashqadaryo havzasida Chimqoʻrgʻon, Pachkamar va boshqalar kichikroq suv omborlari qurilgan. Chimqoʻrgʻon suv omborini suv bilan taʼminlashni yaxshilash uchun Zarafshon daryosidan boshlanuvchi va mil. av. 2-asr da qazilgan va moʻgʻullar tomonidan koʻmilib tashlangan Eski Anhor kanali 1953—55 yil larda tiklanib ishga tushirildi. 1972-yil da Qarshi magistral kanali va Tallimarjon suv ombori barpo etildi. Zich joylashgan kollektorzovur tarmoqlari mavjud. Qarshi choʻli BuxoroQarshi artezian havzasi tarkibiga kiradi. Havzada yer osti shoʻr suv qatlamlari turli chuqurliklarda, toʻrtlamchi, neogen, paleogen, boʻr, yura va paleozoy davrlari togʻ jinslarida joylashgan. Ularning tarkibida xloridsulfat tuzlari mavjud. Paleozoy davri qatlamlaridagi suvlar yuqori bosimli. Qarshi choʻlining sharqiy va shim. sharqiy chala choʻl qismida och tusli boʻz, gʻarbiy hududida shoʻrlanish darajasi har xil boʻlgan taqirli, surqoʻngʻir, Shoʻrasoy, Choragʻil botiqlarida va oʻzansimon pastliklarda shoʻrtob, shoʻrxok, daryo boʻylarida va sugʻoriladigan yerlarda oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Choʻlning sugʻoriladigan yerlarida sizot suvlar yer yuzasiga chiqib tuproqlarning shoʻrlanishiga sabab boʻlmoqda. Shu sababli maxsus meliorativ choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻsimliq turlari har xil. Choʻl mintaqasida shuvoq, singren, juzgʻun, quyonsuyak, keyreuq, yantoq va yulgʻun oʻsimliklari keng tarqalgan. Qumliklarda quyonsuyak, juzgʻun, oq saksovul, selin; taqirli tuproqlarda yulgʻun, qora saksovul bilan birga uchrayi. Boʻzqoʻngʻir tuproqlarda partesingren va turli efemerlar tarqalgan. Shoʻrxoklarda, asosan, sarsazan, donashoʻr, ajriq, shoʻralar oʻsadi. Daryo oʻzani yaqinidagi toʻqay oʻsimliklari yulgʻun, yantoq, baʼzan, qora saksovul, turli efemerlardan iborat. Qarshi choʻli tabiiy gaz va neft zaxiralariga boy. Mashhur Shoʻrtan tabiiy gaz koni, shuningdek, Zevardi, Koʻkdumaloq va boshqalar yirik neft va gaz kondensat konlari bor. Yangi yerlarni oʻzlashtirish, qoʻplab neft va gaz konlarining ochilishi (Muborak, Pomuq atroflarida) bilan Qarshi choʻlida sanoat rivojlandi. Choʻlda Tallimarjon, Muborak, Koson, Kasbi, Nishon kabi yirik maʼmuriy va sanoat markazlari barpo etiddi. Samarqand — Qarshi t. yil (144 km), Buxoro — Qarshi elektr liniyalari qurilib ishga tushirildi. Q ch. ning eng yirik sanoat shahri Harshidsr.

Ad.: Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002; Xodjibayev N. N., Mavlyanov E. V.,Altmev S. A., Injenernaya geologiya Karshinskoy stepi, T., 1976; Babushkin L. N., Kogay N. A., Fizikogeograficheskoye rayonirovaniye Sredney Azii i Uzbekistana, TashGU, vmp. 231, T, 1964.

Murod Mamatqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x