QANDALALAR

QANDALALAR, asl yarimqattiqqanotlilar — chala oʻzgarish (metamorfoz) bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. 40 mingga yaqin turi maʼlum; quruqlikda, shuningdek, tropik va subtropiklardagi suv havzalarida yashaydi. Tanasining uz. I mm dan 12 sm gacha. Boshining ikki yonida murakkab (baʼzan tepa qismida yana oddiy) koʻzlari bor; 4, kamdankam 3—5 boʻgʻimli moʻylovi ipsimon, toʻgʻnogʻichsimon yoki dumaloq. Sanchibsoʻruvchi ogʻiz apparati boʻgʻimli xartumcha koʻrinishida. Qanotlari 2 juft. Old qanotlarining uchi pardasymon, tiniq, qolgan qismi kuchli xitiilashgan. Orqa qanotlari pardasimon, tiniq. 3 juft oyoqlari yurish, yugurish, shuningdek, hayot tarziga bogʻliq holda kavlash, suvda suzish, tutib olish va boshqalarga moslashgan. Koʻpchilik Qandalalarning orqa koʻkragining ikki yoni bilan 2 va 3juft oyoqlarining toslari oraligʻiga hid chiqaruvchi bez teshiklari ochilgan. Tuxumi, asosan, bochkasimon, noksimon, tuxumsimon boʻlib, uchki qismida qopqogʻi bor. Lichinkasining tashqi koʻrinishi va hayot tarzi yetuk Qandalalar nikiga oʻxshash. Koʻpincha Qandalalar yilda bir avlod beradi. Urgʻochisi tuxumini oʻsimlik yoki boshqa narsalar sirtiga, oʻsimlik toʻqimasi ichiga, baʼzilari (ayrim zararkunanda Qandalalar) erkagining orqasiga (tuxumdan lichinka chiqqunga qadar erkagi koʻtarib yuradi) qoʻyadi. Odatda, yetuk Qandalalar (soʻqir Qandalalarning faqat tuxumi) qishlaydi. Qandalalar issiq va quruq iqlimli sharoitda yashashga juda yaxshi moslashgan.

Oʻzbekistonning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqasida Qandalalarning 13 zararkunanda turi, ayniqsa, beda kandalasi, dala qandalasi katta zarar keltiradi. Beda oʻrilgandan keyin Qandalalar yoppasiga gʻoʻzaga oʻtadi. Yetuk Qandalalar va lichinkasi barg, poyaning mayin toʻqima uchi va hosil organlaridagi shirani soʻradi. Shikastlangan gʻuncha va gullar toʻkiladi. Shakllangan koʻsaklarda qoʻngʻir dogʻlar (1—2,5 mm kattalikda) paydo boʻladi, ularning rivojlanishi hamda pishishi sustlashadi. Quruqlik Q. i, asosan, oʻsimlikxoʻr, turli oʻsimliklar bargi, mevasi va ildizidan shirasini soʻradi. Qalqovdor Qandalalar oilasiga mansub xasva, beda qandalasi, oʻtloq qandalasi va boshqalar qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun xavfli. Baʼzi Q oʻsimliklarning virusli kasalliklari, mas, barg bujmayishi, lavlagi mozaika kasalligi kabilarni tarqatadi. Baʼzi quruqlik Qi odam va issiq qonli hayvonlarning (koʻrshapalaklar, qushlar va boshqalar) tashqi paraziti boʻlib, ularning qoni bilan oziqlanadi. Halqondorlar oilasiga mansub yirtqich Qandalalar foyda keltiradi.

Kurash choralari: oʻsimlikxoʻr Qandalalarga qarshi bedapoyalarga ishlov berish; erta bahorda begona oʻtlarga qarshi nitrafen purkash; poyadagi tuxumlarni yoʻq qilish uchun bedani 5 sm poya qoddirib oʻrish, dalada angʻizni yoʻqotish. Zararlangan ekinlarga fosfororganik insektitsidlardan: fosfamid (rogor)ning 40% li emulgirlanuvchi kukunini sepish (1,5— 2,5 kg/ga).

Ad.: Murodov S. A., Umumiy entomologiya kursi, T.. 1986.

Sulton Alimuhamedov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x