NISHOPUR

NISHOPUR — Eronning shim.-sharqiy qismidagi shahar, Xuroson ostonida. Aholisi 160 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Sugʻorma dehqonchilik qilinadigan r-n (paxta, moyli ekinlar; bogʻlar, tokchilik; chorvachilik) markazi. Oziq-ovqat va koʻn sanoati korxonalari bor. Shahar yaqinidan feruza qazib olinadi. Sha-harga 3-a. oʻrtalarida asos solingan. Shahar nomini sosoniylar shohi Sho-pur 1 (yoki Shopur II) nomi bilan bogʻlaydilar. Shaharni 7-a. oʻrtalarida arablar egallagan. 9-a. da Tohiriylar davlati, 10-a. da Somoniylar davlatiningXuroson noibligi poytaxti. Nishopur 9 — 12-a. larda Urta Sharqning muhim iqti-sodiy markazlaridan edi. 1153-y. da oʻgʻuzlar, 1221-y. da moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan, aholisi deyarli qirib tashlangan. 14—15-a. larda shahar qayta tiklandi, biroq iqtisodiy ahamiyati pasayib bordi. 1722-y. da af-gʻonlar tomonidan vayron qilingan. Nishopurda fors shoiri Umar Xayyom va Fa-riduddin Attor yashab, ijod qilgan va oʻsha yerga dafn etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x