QANDAGʻOCH

QANDAGʻOCHqayindoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxt va butalar turkumi. Asosan, Shim. yarim sharda 50 ga yaqin turi maʼlum. Yevrosiyo, Shim. Amerikada hamda Janubiy Amerika togʻlarida tarqalgan. Qandagʻochning qora Qandagʻoch, kulrang yoki oq Qandagʻoch, sibir Q. i, yumshoq tukli, kavkazda oʻsadigan noyobsoʻgalli Qandagʻoch yuraksimoi Qandagʻoch hamda manzarali qizil Q. turlari koʻp uchraydi. Muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan qora Qandagʻochning boʻyi 25 (30—35) m. Shoxshabbasi yaxshi, rivojlashai. Poʻstlogʻi toʻq mallarang, gʻadirbudir. Barglari dumaloq. Bir uyli, chetdan changlanadi. Birinchi 20—30 yilda tez oʻsadi. 30—40 yoshidan mevalaydi. Yogʻochi pishiq, qayishqoq. 100—300 yil yashaydi. Qora Q yuqori mahsuddor sof (yoki oq qayin, qoraqaragʻay, qayragʻoch va bilan aralash) koʻchatlar beradigan qimmatli oʻrmon hosil qiluvchi tur. Q. ning barcha turlaridan koʻkalamzorlashtirish, sogʻlomlashtirish, bogʻlar, xiyobonlar tashkil qilish va boshqalar maqsadlarda foydalaniladi. Yogʻochi mebelsozlik, tokarlik sanoatida, oʻymakorlikda, faner ishlab chiqarishda ishlatiladi, mustahkamligi (chirimasligi) tufayli gidrotexnik inshootlar qurilishida qoʻllanadi. Poʻstlogʻidan teri oshlashda (16% gacha tannin moddasi bor) va boʻyoq olishda foydalaniladi. Urugʻidan, ildiz bachkisidan koʻpayadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x