QAMASHI SUV OMBORI

QAMASHI SUV OMBORIQashqadaryo viloyatida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. 1957-yilda Qamashi shahridan 4 km uzoqlikdagi Shoʻrchasoy tabiiy botiqligini tuproq toʻgʻon bilan toʻsib hosil qilingan. Toʻgʻonning dastlabki bal. 10 m, ustki qismining uz. 900 m, ombor atrofida koʻtarilgan marzalar bilan birgalikda 1500 m, hajmi 11 mln. m3. 1962-yilda toʻgʻon rekonstruksiya qilinib, 3 m ga koʻtarildi va umumiy hajmi 17,3 mln. m3 ga va foydali hajmi 16 mln. m3 ga yetkazildi. Maksimal chuq. 12,0 m, oʻrtacha chuq. 6,0 m, suv sathining yuzasi 1,5 km2.

Suv ombori Yakkabogʻ daryosidan suv oluvchi Qorabogʻ kanali va suv sarfi 4 m3/sek. boʻlgan 6 km uzunlikdagi suv keltirish kanali orqlli apr. — iyulda toʻldiriladi. Omborning suv chiqargichidan suv sarfi 4 m3/sek. boʻlgan 2,9 km uzunlikdagi kanal suv oladi. Suv ombori Qamashi tumanida 5 ming ga ekinzorni sugʻorish imkonini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x