QALANDARXONA MASJIDI

QALANDARXONA MASJIDISamarqand viloyati (Kattaqoʻrgʻon hududi) dagi meʼmoriy yodgorlik (1909 — 10). Nurilla Maxsum rahbarligida qurilgan. Masjid xonaqoh, ayvon, bosh tarzi oldidagi katta hovuz va minoradan iborat. Xonaqoh murabba tarhli, toʻrt ustunli; 9 boʻlakka boʻlinib markaziy qismiga hovuzak ishlangan shifti va ustunlari serhasham bezatilgan. Ayvon shiftidagi naqshlar hamda murakkab muqarnasli hovuzaklar jozibador; minora gʻishtlari mavj usulida terilib, bezagida koʻk va havo rang koshinlardan foydalanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x