Qabul 2021 Bu yil qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi? Ro’yhat

❗️Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?

Adliya vazirligi bu yil qaysi oliy ta’lim muassasalari filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida:

🔸 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.

🔸 Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.

🔸 Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.

🔸 O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi.

🔸 “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

🔸 Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o‘z faoliyatini boshlaydi.

🔸Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros ob’ektlarini asrash fakultetlari ochiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x