Qabul 2021 DTM yangiliklari. Bu yil qanday yangiliklar bor?

Qabul 2021 DTM yangiliklari. Bu yil qanday yangiliklar bor
Telegram kanal подписаться

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi xodimlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, vakolatli vazirlik va idoralar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar ishtirok etgan davra suhbatida, oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik, qabul parametrlari hamda 2021/2022 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining tashkil etilishi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Davra suhbatini boshqarib borgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Davlat rahbarining mazkur masaladagi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga batafsil to‘xtaldi. Xususan, mazkur hujjat bilan “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 232-bandida belgilab berilgan chora-tadbirlarning ijrosi ta’minlanayotgani qayd etildi.
O‘z navbatida, qaror bilan yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, karantin sharoitida abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini talab darajasida tashkil etishga oid ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.
Jumladan, 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavr yo‘nalishida kunduzgi ta’lim shakliga 113 530 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 37 675 nafar, kechki ta’lim shakliga 6 550 nafar hamda magistrlar tayyorlash bo‘yicha 12 900 nafardan iborat davlat buyurtmasi parametrlari belgilanmoqda.
Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun ham shakllantiriladi. Bunda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 500 nafar talaba uchun grant o‘rinlari ajratiladi.
Abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so‘ng majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan magistraturaga kirish imtihonlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha ham atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berib o‘tildi. Xususan, 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab, magistraturaga kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari, ikkinchi bosqichda DTM tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
Bunda, chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar test sinovidan ozod qilinadi va mazkur fandan maksimal ball beriladi. Mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari esa uch kun muddatda OTM tomonidan DTMga taqdim etiladi hamda o‘zining veb-saytida e’lon qilinadi.
Shuningdek, endilikda qarorda belgilab berilganidek, oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, kirish imtihonlarining tashkil etilishi bilan bog‘liq barcha savollarga atroflicha javob berilgan davra suhbati yakunida, sohaga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan ham qo‘shimcha ma’lumot berildi, deya xabar beradi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Axborot xizmati.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x