PYOTR I TIZMASI

PYOTR I TIZMASI — Tojikistondagi togʻ tizmasi, Surxob va Obixingov daryolari oraligʻida. Gʻarbda Yafuch qishlogʻidan boshlanib, sharqda Somoniyon choʻqqisigacha 200 km ga choʻzilgan. Sharqda Darvoz va Fanlar akademiyasi tizmalari bilan tutashib, Garmo togʻ tugunini hosil qiladi. Tizmaning balandligi gʻarbda 5000 m dan sharkda 6000 m gacha (eng baland joyi 6785 m). Asosan, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Qor chizigʻi ham shu yoʻnalishda 4000 m dan 4500 m gacha oʻzgaradi. Shim. yon bagʻrida 29 ta muzlik (umumiy mayd. 385 km2), jan. yon bagʻrida 16 muzlik (mayd. 123 km2) bor. Ulardan eng kat-talari Sagʻron, Gando muzliklari.

Vaxsh daryosining asosiy irmoqlari Surxob va Obixingov daryolari shu muzliklardan boshlanadi. 700—900 mm yogʻin tushadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —6°, —12°, iyulniki pastrokda 22°, togʻ tepalarida 10°.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x