PYEZOELEKTR

PYEZOELEKTR (yun. piero — bosaman, qisaman va elektr) , pyezoelektr effekt — baʼzi dielektriklarning mexanik kuchlanishlar taʼsirida qutblanishi (toʻgʻri pyezoelektr effekt) va elektr maydon taʼsirida mexanik deformatsiyalanishi (teskari pyezoelektr effekt) hodisasining yuzaga kelishi. Toʻgʻri va teskari pyezoelektr effektlar faqat pyezoelektriklarda mavjud. Pyezoelektr effektlar simmetriya markaziga ega boʻlmagan kristallarda kuzatiladi. Pyezoelektrni 1817-y. da fransuz kristallografi va minerologi R. J. Gayui (1743—1822) kalsit kristallarida kuzatgan. Pyezoelektrni har taraflama 1880-y. da akauka J. va P. Kyurilar kvars kristallida kuzatganlar. 1500 dan or-tiq moddada pyezoelektr hodisasi ku-zatilgan; ular ichida kvars (pyezo-kvars)dan tashqari segnet tuzi, bariy titanat, ammoniy digidrofosfat, litiy niobat va b. ham keng qoʻllaniladi. Koʻpincha yana maxsus texnologiya boʻyicha olingan baʼzi segnetoelektriklarning qattiq eritmalari — pyezokera-mikalardan ham foydalaniladi. Pye-zoelektriklar radiotexnika, akustika, radiofizika va b. sohalarda keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x