POʻLATOVA Naima Qudratovna

POʻLATOVA Naima Qudratovna (1939.4.6, Toshkent) — aktrisa, xonanda (soprano). Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1963). 1958-y. dan Muqimiy teatrida ishlaydi. Poʻlatova, asosan, lirik qahramonlar ijrochisi boʻlib, sevgi sanamlarining iztiroblari, ularning ichki kechinmalarini ham dramatik, ham musiqiy talqinda tomoshabinga mohirona yetkazish, onalarga xos mushfiqu-mehribonlik, bardoshlik, uning psixologik va dramatik holatini ifodalashda oʻziga xos ijrosi bilan ajralib turadi. Nurxon («Nurxon»), Alima («Momo yer»), Zulxumor («Ravshan va Zulxumor»), Oyparcha («No-dira»), ShirinFarhod va Shirin»), Xolisxon («Paranji sirlari»), Gulruh («Navoiy Astrobod-da»), ObidaMavlono Muqimiy»), Hayotxon («Fargʻona tong otguncha»), Amal («Guli siyoh»), Jamila («Devona»), ona («Mangu mashʼal», «Toʻydan keyin tomosha») kabi rollari bilan ta-nilgan. Xonanda sifatida «Munojot», «Aylanay», «Aqli raso boʻlsin», «Fi-gʻonkim», «Sevgi nidosi», «Qarshi gullari», «Otmagay tong», «Abdurahmonbegi» va b. mumtoz va zamonaviy qoʻshiklarni ijro etgan. Filmlar («Kelinlar qoʻzgʻoloni», «Oʻzganing baxti», «Toʻylar muborak», «Karaxtlik», «Mehrobdan chayon» kabi)da ham suratga tushgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x