PUSHKIN

PUSHKIN (1728-y. dan Sarskoye Selo, 1918—37 y. larda Detskoye Selo) — RF Leningrad viloyatidagi shaxar (1808-y. dan), Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatiga qarashli. T. y. stan-siyasi (Detskoye Selo). Aholisi 93,1 ming kishi (1998). Yoʻl mashinalari, elektr maishiy asboblar z-dlari, oʻyinchokdar f-kasi, agrar un-t; Litsey, A. S. Pushkinning «Sarskoye Selodagi Saroy ekipaji» muzeylari bor. 1937-y. da shaharga A. S. Pushkin nomi berilgan. Pushkinning hoz. hududini 1708-y. da Pyotr I oʻzining ra-fiqasi, boʻlajak imperatritsa Yekaterina I ga taqsim qilgan va shaharga oʻsha yili asos solingan. 18—19-a. boshlarida saroylar, parklar va har xil memorial inshootlar barpo etilib saroy-park ansambli vujudga keldi.

Saroy qurilishi 1717—23 y. larda boshlangan, 1752—57 y. larda barokko uslubida qayta qurilgan (meʼmori V. V. Rastrelli). Saroy bilan birgalikda «Agat xonalari», «Sovuq hammomlar» va «Kameron galereyasi» (1777—93, meʼmori Ch. Kameron), Litsey binolari (18— 19-a. boshlari, meʼmorlar I. V. Neyelov, V. N. Stasov), Aleksandr Saroyi bilan birgalikda Yekaterina va Aleksandr parklari (1792—1800; meʼmori J. Kvarengi), kup sonli xiyobonlar va hashamdor inshootlar qurilgan.

1941—44 y. larda nemis fashistlari okkupatsiyasi davrida shahar jid-diy shikastlangan, urushdan keyin qisman tiklangan. 1967-y. da Pushkinda A. S. Pushkinning muzeyi ochilgan. 1990-y. lar boshlarida Pushkinning barcha yodgorliklari qayta tiklandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x