PUL FETISHIZMI

PUL FETISHIZMI (frans. Feticheisme, portugalcha fetico — tumor, moʻjiza) — pulni ilohiylashtirish, unda moʻjizaviy kuch bor deb karash, unga sigʻinish. Pulning tovarlik tabiatini, pul bilan tovar massasi oʻrtasidagi aloqalarni tushunmaslik, shuningdek, iqtisodiyotda va hayotda pulning ahamiyati va oʻrnini boʻrttirib koʻrsatish Pul fetishizmini paydo etadi. Pul fetishizmi juda yashovchan, ayniqsa, pulga deyarli hamma narsa sotiladigan va sotib olinadigan, pulga egalik jamiyatda katta iqtisodiy imkoniyatlar ochib beradigan, obroʻ-eʼtiborni oshiradigan jamiyatlarda bu narsa yaqqol koʻrinadi. Jamiyatda sogʻlom iqtisodiy munosabatlar va maʼnaviyatning yuksalishi bilan Pul fetishizmi yoʻqolib boradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x