PUL BOZORI

PUL BOZORImoliya bozorining asosan qisqa muddatli (bir yilgacha) kredit operatsiyalari amalga oshiriladigan qismi. Pul bozori dagi operatsiyalar firmalarning aylanma kapitali hara-katiga, banklarning qisqa muddatli resurelariga xizmat koʻrsatadi. Ken g maʼnoda Pul bozori xususiy shaxslar, davlat, nobank davlat muassasalari pulga talab bilan va banklar pul taklifi bilan chiqadigan bozordir. Pul bozori vaqtincha yetishmayotgan aylanma vositalarni toʻldirish imkoniyatini beradi. Pul bozorining asosiy ishtirokchilari — Markaziy bank va tijorat banklari hisoblanadi. Keyingi yillarda bankdan tashqari moliya vositachilari (mas, AQSHdagi Pul bozori b, hamkorlik fondlari) ham ishtirok etadi. Pul bozorida yuqori lik-vidlikka ega boʻlgan qimmatbaho qogʻozlar — xazina va tijorat veksellari, depozit sertifikatlari, bank akseptlari, qimmatli qogʻozlar, munitsipal veksellari va b. qatnashadi. Pul bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim obyektlaridan biri. Pul bozori davlat xarajatlarini kreditlash va byudjet taqchilligini qoplashning manbai sifatida kat-ta ahamiyatga ega. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari rivojlanishi b-n xalqaro Pul bozori lari paydo boʻldi (eng yiriklari Amerika P. b., Yevropa P. b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x