PUASSON Simeon Deni

PUASSON Simeon Deni (1781.21.6, Pitivye — 1840.25.4, Parij) — fransuz matematigi, fizigi. Parij FA aʼzosi (1812), Peterburg FA faxriy aʼzosi (1826). Ilmiy ishlari nazariy va osmon mexanikasiga, mat. hamda matematik fizikaga oid. U birinchi marta analitik mexanika tenglamalarini impulsning tashkil etuvchilari tar-zida yozgan. Puasson matematik fizikaning koʻplab masalalarini yechgan, ehtimollar nazariyasida Bernulli sxemasini umumlashtirib, katta sonlar qonunini isbotlagan, kam roʻy beradigan hodisalar taqsimot qonuni (Puasson taqsimoti )ni topgan. Quyosh sistemasining turgʻunligini tekshirishga bagʻishlangan ishlari muhim. Sferoid va bir jinsli ellipsoidlar tortishishini oʻrganib, oʻz nomi bilan ataluvchi tenglamani chikargan (q. Puasson tenglamasi). P. ning ballistika, elastiklik nazariyasi, gidromexanika va b. sohalardagi ishlari ham katta amaliy ahamiyatga ega.

Ad.: Kleyn F., Leksii o razvitii matematiki v XIX stoletii, per. s nem., ch. 1, M. – L., 1937.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x