PSIXROMETR

PSIXROMETR (yun. psychros — sovuq va…metr) — havo namligi va t-rasini anikdashda ishlatiladigan asbob. Oddiy Psixrometr 2 qoʻshaloq (quruq va namlangan) termometrlardan iborat. Quruq termometr havo t-rasini kursatadi. Namlangani (hoʻl latta bilan oʻralgani) issiqlik qabul qilgich xisoblanadi. Termometrning simobli uchini hoʻl doka b-n oʻrab, suvli idishga solinadi. Hoʻl dokadan suv bugʻlanganda termometrdan issiqlik yoʻqolishi kuzatiladi. Shu tufayli quruq termometrga nisbatan namlangan termometrning t-rasi doim past boʻladi. Ikkala termometrning t-ralar farqiga koʻra, maxsus psixrometrik jadval, diagramma, nomogrammalar yordamida havo namligi xisoblanadi.

Psixrometrning stansion, aspiratsion va distansion xillari bor. Stansion Psixrometrning termometrlari meteorologik budkaning maxsus shtativiga mahkamla-nadi. Aspiratsion Psixrometrning termometrlari maxsus opravalarga oʻrnatiladi. Distansion Psixrometrda qarshilikli termometrlar, termistorlar, termoparalardan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x