PTOLEMEY

PTOLEMEY Klavdiy (taxm. 170-y. vafot etgan) — yunon olimi. Iskandariyada astronomik kuzatishlar olib borgan. Ptolemey «Almagest» va «Surat ul-arz» nomli mashhur asarlar muallifi. «almajistiy» oʻsha davrgacha boʻlgan astronomiya fani yutuklarining geotsen-trik sistemadagi bayonidir.

Ptolemeyning «Geografiyadan qoʻllanma» asarida muhim geografik maʼlumotlar bilan birga koʻplab geografik joylar, jumladan, Oʻrta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Koʻlob, Kos, Binket, Shosh, Zomin, Forob, Fargʻona kabi shahar va viloyatlarining geografik koordinatalari keltirilgan. Ptolemey asarlari Sharkda astronomiya, mat. va geografiyaning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Beruniy «Qonuni Maʼsudiy» asarini yozishda Ptolemey asarlariga asoslangan. Ptolemeyning matematika, astronomiyaga bagʻishlangan «Analemma», «Planisferiy», «Oʻlchamlar haqida» va b. asarlari maʼlum. Optikaga oid 5 jildli risolasi tamoman yoʻq boʻlib ketgan deb hisoblanardi. 1801-y. uning arabchadan lotin tiliga qilingan toʻliq tarjimasi topilgan.

Ad.: Bronshten V. A., Klavdiy Ptolemey, M., 1988.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x