PSIXOLOGIZM

PSIXOLOGIZM (sotsiologiyada) — sotsiologiyaning ayrim yoʻnalishlariga (G. Tard, Ch. Kuli, J. Mid, neofreydizm, strukturaviy-funksional maktab va b. ga) xos metodologiya usuli. Psixologizm ijtimoiy munosabatlarni va struk-turalarni psixologik maʼlumotlar, inson psixikasi xususiyatlari, odamlarning bevosita oʻzaro harakatlarini taxlil qilish asosida tushuntiradi. Psixologizm boʻyicha, psixologiya umuman butun falsafaning, uning barcha sohalari, xususan, mantiqning (V. Vundt va b. fikriga koʻra) asosi hisoblanadi. Psixologizm tarafdorlari birdan bir fan psixologiyadir, deb biladilar. Chunki, deb uktirishadi ular, barcha fanlarning obyekti fakat maʼlum usullar orqali bilingan sezgilar-dir. Bunday qarashni birinchi galda empiriokrititsizm va pozitivizm vakillari ilgari suradilar.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x