PSIXOLINGVISTIKA

PSIXOLINGVISTIKA — nutqning hosil boʻlishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi bilan oʻzaro bogʻlanishi holatida oʻrganuvchi fan; psixologiya va lingvistikannng sinte-zidan paydo boʻlgan. Psixolingvistika inson nutqiy faoliyati modelini va psixofiziologik nutqiy shakllanishini ishlab chi-qib, ularni psixologik eksperimentlar yoʻli b-n tekshiradi. Tadqiqot manbai boʻyicha tilshunoslikka yaqin boʻlgan Psixolingvistika oʻz tekshirish usullari boʻyicha psi-xologiyaga yaqin turadi. Unda oʻzaro bogʻlanishli eksperiment, «semantik differensial» kabi va b. eksperimen-tal usullar qoʻllanadi. Psixolingvistika bir qator amaliy masalalar [ona tili, ayniqsa, xorijiy tilni oʻrgatish; maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy tarbiyasi va logopediya masalalari; miyadagi nutkiy markazlar kasalliklari klinikasi; nutqiy taʼsir koʻrsatish muammolari (xususan ommaviy axborot vosi-talari faoliyatida va targʻibot ishlarida); sud psixologiyasi va kriminalistika (mas, kishilarni ularning nutq xususiyatiga qarab tanib olish, aniqlash); mashina tarjimasi hamda nutqiy axborotni EHMga kiri-tish muammolari va b. ]ni nazariy ji-hatdan tushuntirish zarurati tufayli oʻtgan ayerning 60-y. larida paydo boʻlgan. «Psixolingvistika» termini oʻtgan ayerning 60-y. lari oʻrtalarida amerikalik olimlar tomo-nidan amaliyotga kiritilgan. Oʻzbekistonda ushbu sohada bir kancha ishlar bajarilgan boʻlsada, haqiqiy maʼnodagi psixolingvistik tadqiqotlar en-digina boshlanmoqda.

Abduvahob Madvaliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x