MIR HUSAYN KULANKIY

MIR HUSAYN KULANKIY Buxoriy (16-a., Hirot) — xattot, nastaʼliqxatining yirik ustasi. Manbalarda Mir Ali Hiraviyshtg 7 mashxur shogirdlaridan biri deb zikr qilinadi. Abdullaxon Soniyning kitobdori boʻlgan. Mir Husayn Kulankiy nomiga «Kitobdori Sultoniy» va «Kotibi Xoqoniy» degan nisbalar qoʻshib yozilgan. Mir Husayn Kulankiyning xati bilan koʻchirilgan qoʻlyozmalardan 20 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan: xattot koʻchirgan nodir qoʻlyozmalardan biri — Ubay-dullaxon asarlari toʻplami «Kulliyoti min maqolot» (1583, inv. №8931, OʻzFA SHIda); Saʼdiyning «Guliston» va «Boʻston», Jomiyning «Yusuf va Zulayho», «Tuhfat ul-ahror» (Rossiya milliy kutubxonasida), «Masnaviylar» (1540—41), Hofiz Sheroziyning «Devon»i (Pokistonning Haydarobod sh. unti kutubxonasida) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x