PRUDON

PRUDON (Proudhon) Pyer Jozef (1809.15.1, Bezanson — 1865.19.1, Parij) — fransuz sotsialista, anarxizm nazariyotchisi. Prudon kommunizm dushmani boʻlgan, jamiyatni inqilobiy qayta qurish nazariyasiga qarshi chiqqan. Kommunizm gʻoyasini u «bemaʼni gʻoya», «davlatni ulugʻlash», «yovuzlik va istib-dod jamiyati», «qashshoklik dini», «qashshoklik falsa-fasi» deb bilgan. Prudonning 2 jildli «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki Qashshoqlik falsa-fasi» kitobi Marksning unga javob tar-zida yozgan «Falsafa qashshoqligi» asari (1847) tufayli mashhur boʻlib ketgan. Prudon sinflarning iqtisodiy hamkorligi loyihasini va «davlatni yoʻqotish» toʻgʻrisidagi oʻz nazariyasini ilgari surgan. «Mulkka egalik nima?» asari (1840)da bu savolga «Mulkka egalik — oʻgʻirlikdir» deb javob bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x