PROTOPLASTLAR

PROTOPLASTLAR (proto… va yun. plastos — hosil boʻlgan, shakllangan) — oʻsimliklarda uchraydigan, poʻstsiz, faqat hujayra membranasi b-n oʻralgan hujayralar. Hujayra membranasi sitoplazmani oʻrab turadi. Protoplastlarni hujay-ra injeneriyasida foydalanish uchun sunʼiy hosil qilinadi. Oʻsimlik hujayralarini klonlash va yaxlit oʻsimlikni regeneratsiya qilishda ham foydalaniladi. Poʻstsiz boʻlgani tu-fayli Protoplastlardan har xil oʻsimlik hujayralarini duragaylashda foydalanish mumkin. Protoplastlar mikroorganizmlarda mutatsiyalar natijasida, antibiotiklar va zararli omillar taʼsirida ham hosil boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x