PROXOROV Aleksandr Mixaylovich

PROXOROV Aleksandr Mixaylovich [1916.28.6 (11.7), Aterton sh., Avstraliya — 2002, Moskva] — rus fizigi, kvant elektronika asoschilaridan biri, akad. (1966-y.). Ikki marta Meh-nat Kaxramoni (1969, 1986). Leningrad un-tini tugatgan (1939). Ilmiy ishlari paramagnit mazer, ochiq rezonator, gazodinamik va qattiq jismli tezlatkichlar, plazmalar fi-zikasi va b. ga oid. N. G. Basov bilan ham-korlikda (Ch. Tauns – | dan mustaqil ravishda) birinchi kvant generator — ma-zerni yaratgan (1954). Xodimlari bilan pa-ramagnit mazerlarni yaratish usullarini rivojlantirgan (1957 — 58). Lazer texnikasida keng qoʻllanila boshlagan ochiq rezonatorlar_gryasini (1958) va gazodinamik lazer gʻoyasini (1967) ilgari surgan. U infraqi-zil va koʻrinadigan nurlanishlarning qudratli lazerlarini yaratish, bu lazer nurlanishlarning moddalar bilan oʻzaro taʼsirlari toʻgʻrisidagi funda-mental ishlar muallifi. Katta Sovet Ensiklopediyasining 3-nashri (1969 — 1978), Katta Rossiya Ensiklopediyasi (1996-y. dan) Bosh muharriri. Nobel mukofoti laureati (1964; N. G. Basov va Ch. X. Tauns bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x