PSAMMOFITLAR

PSAMMOFITLAR (lot. psammos — qum va…fit) — uchma qumlarda oʻsadigan choʻl oʻsimliklari. Shamol qumni uchirganida ildizining ochilib qolmasligi, qum koʻmib qoʻymasligi va qumda koʻmilib qolgan urugʻining koʻkarib chiqishi uchun turli moslanishlar hosil qilgan. Daraxtlar va butalar, qumda koʻmilib qolgan poyasidan kuchli rivojlangan ildizlar (saksovul, qandim); qumdan chiqib qolgan ildizlardagi qoʻshimcha kurtaklardan novdalar hosil qilish (qum akatsiyasi va b.) xususiyatiga ega. Oʻtsimon Psammofitlar qalin qum qatlamidan oʻsib chiqa oladigan ipsimon uzun, tez oʻsadigan ildizpoya hosil qiladi (iloq). Koʻpchilik Psammofitlar — efemerlar. Koʻp yillik Psammofitlarning barglari mayda, reduksiyaga uchragan yoki barglari boʻlmaydi, poyasi orqali fotosintez va transpiratsiya qiladi (saksovul). P. ning mevasida turli xil oʻsimtalar va tuklari boʻlishi tufayli shamolda yaxshi uchganidan qumda koʻmilib qolib ketmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x