PROTEROZOY

PROTEROZOY (yun. proteros — ancha erta va goye — hayot) — tokembriynknt yuqori (arxeydan soʻnggi) stratigrafik guruhi (q. Geoxronologiya). Taxm. 640— 560 mln. yil avval 80 mln. yil ichida hosil boʻlgan yotqiziklarni qamrab olgan. «Proterozoy» terminini amerikalik geolog E. Emmons (1888-y.) arxey va kembriy oraligʻidagi yotqizikdarni belgilash uchun taklif qilgan. Proterozoyning umumiy qabul qilingan stratigrafik boʻlinish sxemasi yoʻq. Keyingi yillarda Proterozoyni stratigrafik boʻlimlarga ajratishda tari-xiy geologik jinslarning absolyut yoshini aniqlash va paleontologik me-todlar qoʻllanilmoqda. Ayrim mutaxas-sislar Proterozoyni 2, boshqalar 3 yoki 4 boʻlimga ajratadilar. Rossiyada Proterozoy 3 boʻlimdan iborat, deb qabul qilingan. Ular stromatolit va mikrofitolitlar gu-ruxlarining tarqalishi bilan farqlanadi. Proterozoy yotqiziqlari ayrim r-nlar uchun alohida sxemalar (svita, seriya)ga boʻlinadi. Proterozoy yotqiziklari turli tartibli va har xil darajada metamorfizm ga uchragan jinslardan tarkib topgan. Granitlashgan, magmatitlashgan jin-slar ham uchraydi. Proterozoy yotqiziqlarining yuqrri qismida organik qoldiqlar — yashil suvoʻtlar va bakteriyalarning mahsuloti: stromatolit va mikrofi-tolit (onkolid, katagrafiya va b.) uchraydi. Aniq nomlangan va toʻla oʻrga-nilgan hayvonot qoldiklari Proterozoy yotqi-ziqdarining yuqori boʻlimi bilan kembriy davri chegaralaridagina uchraydi. Ular siyrak tarqalgan chuvalchang va meduzasimonlardan iborat. Foydali qazilmalardan Proterozoy yotqiziklarida, asosan, temir, marganes, nikel, kobalt, mis, xrom, polimetall, uran, oltin rudalari xamda olmos uchraydi. Oʻzbekistonda Proterozoy yotqiziqlari Hisor, Tomdi, Sulton Uvays va b. togʻlarda tarqalgan. Bu jinslarda koʻpgina qazilma boyliklar uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x