MAʼRUFOV Zokir Maʼrufovich

MAʼRUFOV Zokir Maʼrufovich (1912.1.3 – Toshkent – 1984.1.3) tilshunos olim, lugʻatshunos. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan oʻqituvchi (1972). Narimonov nomidagi Ped. texnikumini tugatgan (1931). Qashqadaryo viloyatida oʻqituvchilik qilgan (1931—32), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari, dialektologiya va eksperimental fonetika, hoz. zamon oʻzbek tili sektorlari (194751), lugʻat boʻlimi (1952 — 84) rahbari.

Maʼrufov oʻrta maktab va bilim yurtlari uchun oʻzbek tilidan darslik va qoʻllanmalar yaratishda faol ishtirok etgan. Uning ishtirokida 5 jildli «Ruschaoʻzbekcha lugat» (1950—56), 1 jildli «Oʻzbekcharuscha lugʻat» (1959), 2 jildli «Oʻzbek tilining izox^li lugʻati» (1981), 2 jildli «Ruscha-oʻzbekcha lugʻat» (1983 — 84), «Ruscha-oʻzbekcha soʻzlashgich» (1969), «Oʻzbekcharuscha soʻzlashgich» (1971) kabi ishlar yaratilgan. Maʼrufov ilmiy asarlari bilan Oʻzbekistonda leksikologiya va leksikografiya fanining rivojiga katta hissa qoʻshgan. Toshkentda A. Ikromov tumanidagi koʻchalardan biriga va Yunusobod tumanidagi 83maktabga Maʼrufov nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x