PROSTATA BEZI (yun. prostatus — ol-dinda turuvchi) , prostata — erkak jinsiy aʼzosidagi tok, bez. Kichik chanoq boʻshligʻida qovuq ostida boʻlib, qovuq boʻyinchasi va siydik chiqarish kanalining boshlangʻich qismini oʻrab turadi. Prostata bezi bez va muskul qismdan ibo-rat. Bez qism urugʻ suyultiradigan su-yuqdik (sekret) ajratadi. Bu suyuklik spermaga qoʻshilib, spermatozoidlarni faollashtiradi. Muskul qism esa siydik chiqarish kanalining sfink-teri (muskul qisqich) hisoblanib, shahvat va siydik chiqishini rostlab turadi, shuning uchun shahvat va siydik aralashib ketmaydi.
Prostata bezining orqa yuzasi toʻgʻri ichakka tegib turadi, shunga koʻra, vrach toʻgʻri ichakka barmogʻini kiritib bezning turli kasalliklarini aniqlaydi. Prostata bezining yalligʻlanishi prostatit deb ataladi.