FOTODAVRIYLIK

FOTODAVRIYLIKoʻsimliklar va hayvonlarda kechakunduzning yorugʻ (kun uzunligi) va qorongʻi (tun uzunligi) davrlari nisbatlariga, ularning uzunqisqaligiga javob reaksiyasi; oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi jarayonlari oʻzgarishlarida namoyon boʻladi. Fotodavriylik ekologik omil sifatida turning yashash imkoniyatini belgilaydi. Ontogenezning tashqi sharoitlardagi mavsumiy oʻzgarishlariga moslashishi bilan bogʻliq holda evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan. Kun uzunligi oʻsimliklarda yilning (davrimavsum) koʻrsatkichi va gullashga oʻtish yoki noqulay mavsumga tayyorgarlik uchun tashki signal boʻlib xizmat qiladi. Oʻsimlikning fotodavrga reaksiyasini barglardagi maxsus pigment — fotoxrom (F730) nazorat qiladi. Fotodavriylik oʻsimliklarning gullash jarayonida yorqin koʻrinadi. Yorugʻlik va qorongʻulikdan taʼsirlanish tarzida oʻsimlik bargida gullashga ragʻbat beradigan gormonlar kompleksi xreil boʻladi. Gullashni uygʻotadigan, yaʼni fotodavr boʻyicha oʻsimliklar uzun kun oʻsimliklari (boshokli galla ekinlari), qisqa kun oʻsimliklari (gʻoʻza, sholi, tariq, nasha, soya va b.) hamda betaraf (neytral) oʻsimliklar (marjumak, noʻxat va b.)ga boʻlinadi. Uzun kun oʻsimliklari, asosan, moʻtadil va qutb atrofi kengliklarida, qisqa kunliklari — subtropiklarga yaqin kengliklarda tarqalgan. Fotodavriylik oʻsimlikdagi boshqa morfologik (tuganaklar, piyozlar, ildizmevalar, poyalar paydo boʻlishi) va fiziologik (oʻsish jadalligi va shakli, va tinim davri, xazonrezgilikning boshlanishi va b.) jarayonlarga ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻsimlik turlari u yoki bu fotodavriy guruhlarga mansubligi boʻyicha, navlar va liniyalar esa Fotodavriylik reaksiyasining yuzaga chiqishi darajasi boʻyicha farklanadi. Bu hol navlarni rnlashtirishda, shuningdek, yorugʻlikda oʻstirish va oʻsimliklarni himoyalangan yerlarda oʻstirishda hisobga olinadi. Hayvonlarda Fotodavriylik kuyikish davri muddatlari, kuzgi va bahorgi tullash, kishki uyquga ketish, tuxum qoʻyish va b. ga taʼsir koʻrsatadi, genetik jihatdan biologik ritmlar bilan bogʻliq. Fotodavriylik reaksiyasidan foydalanib q. x. hayvonlari rivojlanishini boshqarish mumkin (mas, parrandachilikda kuzqish mavsumida kun uzunligini sunʼiy uzaytirib tuxum qoʻyish davrini choʻzish mumkin).

Ad.: Skripchinskiy V. V., Fotoperiodizm — yego proisxojdeniye i evolyutsiya, L., 1975.

Abdukarim Zikiryoyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x