PRESS-QOLIP

PRESS-QOLIP — keramika, metall, plastmassa, rezina va b. materiallarni presslash yoʻli bilan maʼlum shakldagi hajmiy buyum (zagotovka)lar olishga moʻljallagan moslama. Dastaki, yarim avtomatik; olinadigan, yarim olinadigan, muqim (statsionar); ajratish tekisligi gorizontal hamda vertikal xillari bor. P. q. da bir yoki bir necha shakl boʻshliqlari boʻlishi mumkin. Ichi hovol buyumlarni tayyorlashda ularning ichki boʻshliqlariga puanson (sterjen) lar bilan shakl beriladi. P.-q. uglerodli yoki legirlangan poʻlat, rangli metallarning qotishmalari, gips va b. dan tayyorlanadi. Material va olinadigan zagotovkaga qarab, P.-q. da maʼlum t-ra saqlanadi. Buning uchun plita teshigi orkali keltiriladigan bugʻ yoki issiq suv, elektr qizdirish elementlari va b. dan foydalaniladi. P.-q. ichki yuzasi yuqori anikdikda silliklanadi, pardozlanadi va xrom eritmasi bilan krplanadi. P.-q. avtomobilsozlik, radiotexnika, elektrotexnika sanoatlarida, sanitariya texnikasi jihozlari tayyorlashda keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x