PRESS

PRESS (lot. rgesso — bosaman, ezaman) — materiallarga bosim bilan zarbsiz (statik) ishlov berish uchun moʻljallangan mashina. Temirchilik-shtamlash i. ch. ning asosiy vositasi. Dastaki vintli Press 15— 16-a. larda hunurmandchilik ishlari (moy ajratish, uzum ezish va b.)da ishlatilgan. Keyinchalik (17—18-a. larda) metall ishlashda, xu-susan, tanga pul zarb qilishda, soʻngra temirchilik-shtamplash ishlarida keng tarkaldi.

Pressning gidravlik, mexanik va gidromexanik xillari bor. Ular krivoshipli yoki ekssentrikli, vintli, tirsakli, reykali va richagli; vertikal va gorizontal xillarga boʻlinadi. Pokovkalarni shtamplashda avtomatlashtirilgan Pressdan foydalaniladi.

Press sanoatning turli tarmoklarida metall, plastmassalar, rezina, q. x. va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berishda jismlarning shaklini oʻzgartirish (bolgʻalashshtamplash), boʻlak-boʻlak yoki kukunsimon materiallarni biriktirish (briketpash), yumshoq moddalarning haj-mini kichraytirish (paketlash), detallarni biriktirish (q. Payvandlash), turli agregat xrlatdagi jismlarni birbiridan ajratish, me-tallarning mexanik xossalarini si-nash va b. ishlarda qoʻllaniladi. Bundan tashqari, Press larda tikuvchilik mahsulotlari dazmollanadi, faneraga turli shakl beriladi, yigʻish operatsiyalari bajariladi, metallar mexanik sinovdan oʻtkaziladi. Hajmiy shtamplash uchun moʻljallangan yirik Press larning eng yuqori bosim kuchi — 750 MN gacha, list metarial uchun — 1500 MN.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x