PRELYUDIYA

PRELYUDIYA, prelyud (lot. praeludo — oldindan ijro etib koʻraman) — cholgu pyesa. Dastlab musika asari ol-didan (lyutnya, klavesin yoki organda) ijro etiladigan badiha xarakteridagi kichik muqaddima. 18-a. dan erkin shakldagi mustaqil pyesaga aylandi (mas, I. S. Baxning organ uchun Prelyudiya lari), shuningdek, turkumli shakldagi baʼzi cholgʻu asarlar (syuita, P.-fuga) tarkibiga mukaddima pyesa sifatida kiritildi. 19-a. dan koʻpincha Prelyudiya yoki Prelyudiya va fuga turkumlariga (odatda, 24 tadan) birlashtiriladi (mas, F. Shopen, A. Skryabin, K. Debyussi, D. Shostakovich va b.). Oʻzbekiston kompozitorlaridan G. Mushel, B. Giyenko va b. fortepiano uchun Prelyudiyalar yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x