PRANDTL

PRANDTL (Prandtl) Lyudvig (1875.4.2, Frayzing, Bavariya — 1953.15.8. Gyottingen) — mexanika sohasidagi nemis olimi, amaliy gidroaeromexanika ilmiy maktabining asoschisi. Myunxendagi Oliy politexnika bilim yurtini tamomlagan. Gannoverdagi Oliy texnika bilim yurti prof. (1901-y. dan), Gyottingen un-ti prof. (1904-y. dan). Gyottingendagi gidroaerodinamika inti direktori (1925—47). Ilmiy ishlari elastiklik va plastiklik nazariyasi, gidroaeromexanika, gaz dinamikasi va dinamik meteorologiyaga oid. Qanotning aerodinamik nazariyasini rivojlantirgan, gaz oqimida issiqlik uzatish muammosi masalalarini tekshirgan, suyuklik va gazlarda sodir boʻladigan issiqlik jarayonlariga taalluqli oʻxshashlik mezonini topgan (P. soni).

As: Gidroaeromexanika [rus. per. ], M., 1951.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x