PREZIDENT

PREZIDENT (lot. praesidens — oldinda oʻtiruvchi) — 1) hrz. koʻpchilik (respublika shaklida idora qilinadigan) mamlakatlarda saylab qoʻyiladigan davlat boshligʻi. BMT ga aʼzo boʻlib kirgan 189 mamlakatning 140 dan ortigida Prezident lavozimi joriy qilingan (2000). Bunday boshkaruv shakli ilk bor AQSH da 1787-y. vujudga kelgan. Oʻzbekiston tarixida birinchi Prezidentlik lavozimi 1990-y. 24-martda taʼsis etildi. 1991-y. 29 dek. da esa alternativ asosda oʻtkazilgan umumxalq saylovida I. A. Karimov Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi (q. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti);

2) ayrim il-miy va jamoat tashkilotlarida, partiyalar, jamiyatlar, uyushmalar (shu jumladan, xalqaro uyushmalarda ham) ijrochi organ boshligi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x