POZITRONIY

POZITRONIY — musbat zaryadi pozitron ye+ va elektron ye~ dan tashkil topgan zarra. Pozitronlarning modda atomlari bilan sekin toʻqnashuvidan hosil boʻladi. Ps bilan belgilanadi. Pozitroniy tuzilishi vodorod atomiga oʻxshaydi, unda vodorod atomidagi proton oʻrnida pozitron boʻladi. Pozitroniyni 1951-y. da ame-rikalik olim M. Deych kashf etgan. Pozitroniy massasi ikkita elektron massasiga teng, oʻlchami vodorod atomi diametridan ikki hissa ortiqroq. Pozitroniy asosiy va gʻalayonlangan holatlarda boʻlishi mumkin. Pozitroniy energiyasining asosiy sathi elektron va pozitron spinlarining oʻzaro taʼsiridan 2 ta satxga ajraladi. Ular orasidagi energiya farqi 8,41-10—* eV ga teng. Pastki sath antiparallel spinli zarralar (parapozitroniy)ning holatiga, yuqori sath esa parallel spinli zarralar (ortopozitroniy)ning holatiga moye tushadi. Pozitroniy juda kiska vakt (sekundning bir necha ulushicha) yashaydi, annigilyatsiya tufayli pozitron va elektronlarga aylanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x