POTANIN

POTANIN Nikolay (19-a. ning 1yarmi) — kazak xorunjiysi (podporuchik), Ros-siyadan maxsus topshiriq bilan Qoʻqon xonligiga yuborilgan (1829—30). Kozoq dashtlaridagi kazak otryadlaridan birining komandiri. Sankt-Peterburgga borgan Qoʻqon xonligi elchilarini kuzatish va bosib oʻtilgan yoʻllarning topografik xaritasini tuzish topshirigʻi berilgach (1829-y. 13 may), Semipalatinskdan (yozuvchi S. Markovning fikricha, Omskdan) Qoʻqongacha bu elchilarni kuzatib kelgan. Mirzachoʻl, Chimkent, Toshkent, Xoʻjanddan oʻtib, 8 dek. da Qoʻkrnga kelgan va 1830-y. 1 apr. da Toshkentdan chi-qib ketgan. Potanin oʻz sayohatlari natijasida «Qoʻqon xonligiga oid yozishmalar» asarini yozib, unda xonlikdagi maʼmuriy boshqaruv tizimi, saroy unvonlari, xarbiy va diniy mansablar, shaharlar hayoti va bozorlar, Qoʻqon xonligining Buxoro amirligi bilan oʻzaro munosabatlari haqida qiziqarli maʼlumotlar keltirgan. Uning yozishicha, bu paytda Qoʻqonda 15000 erkak kishi, jumladan 4000 askar va 100 ta masjid, Toshkentda 10000 erkak kishi, jumladan, 3000 askar (600 tasi qoʻqonlik) boʻlgan. Bu asar Rossiyada 3-marta (1831, 1856, 1916) nashr qilingan. Asardan parchalar Toshkentda ham bosilgan (1990). Mashhur rus geografi G. N. Potanin uning oʻgʻlidir.

Ad.: Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Oʻzbekiston v soobщyeniyax puteshestvennikov i uchenыx (20—80 godы XIX v.), (Sostavitel B. V. Lunin), T., 1990.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x