MIZORAM

MIZORAM — Hindistonning shim.-gʻarbiy kismidagi shtat, sharq va jan. tomondan Myanma, gʻarbda Bangladesh bilan chegaradosh. Mayd. 21,1 ming km2. Aholisi 891 ming kishi (2001), asosan, tibet-myanma guruhi xalqlaridan iborat. Ahsshining katta qismi mizo va ingliz tillarida soʻzlashadi. Maʼ-muriy markazi — Ayvzol sh.

Mizoram 1972-y. gacha Assom shtati tarkibidagi okrug, oʻsha yildan itti-foqsosh hudud maqomini olgan. 1987-y. fev. oyidan Hindistonning teng xuquqli shtati. Shtat hududining katta qismi togʻlardan iborat. Bal. 1000 — 2000 m. Iqlimi nisbatan salqin, faqat jan. da issiq va sernam. Yillik yogʻin shim. da 2100 mm dan jan. da 3500 mm gacha.

Mizoram — agrar shtat. Shtat aholisining 60% q. x. da band. Asosiy ekini — sholi; shuningdek, makkajoʻxori, paxta, kartoshka, tamaki, shakarkamish, sabzavotlar ham ekiladi. Mevali boglar, choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda, asosan, choʻchqa boqiladi. Togʻli r-nlarning V, qismi oʻrmon. Sanoatida oʻrmon sa-noati yetakchi. Hunarmandchilik rivojlangan. Qoʻlda turli matolar, gilam toʻqiladi, qamishdan shlyapalar, savatlar yasaladi. Ipakchilik, elektronika, oziq-ovqat sanoati korxonalari, konserva, sharbatlar i. ch., yogʻmoy, choy z-dlari mavjud. Konchilik rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x