PONSELE Jan Viktor

PONSELE Jan Viktor (1788.1.7, Mes — 1867.22.12, Parij) — fransuz ma-tematigi va muhandisi, Parij FA aʼzosi (1834). Parij un-ti prof. (1838— 48), politexnika maktabi di-rektori (1848—50). Ponselening geom. ga oid «Figuralarning proyektiv xossalari haqidagi traktat» asari 1822-y. Parijda bosilib chiqqan. Asarda birinchi marta figuralarning proyektiv xossalari — figura bir tekislikdan ikkinchi tekislikka proyeksiyalanganda saqlanadigan xossalari alohida guruhlarga ajratilgan. Bu xossalarni oʻrganish uchun Ponsele yaratgan uslublar, jumladan, ikkilik prinsipi geom. ning yangi sohasi — proyektiv geom. yaratilishiga olib keladi. Ponselening mexanika va gidravlikaga oid ishlari maʼlum. U fanga mexanik ish birligi — kilogrammometrni kiritgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x