FURFUROL

FURFUROL (lot. furfur — kepak, qipiq va oleum — moy) , S5N4O2 — yangi yopilgan javdari non xidi keladigan geterotsiklik aldegid; sargʻish moysimon suyuklik. Suyuklanish trasi — 36,5°, qaynash trasi 161,7°, zichligi 1159 kg/m3; suvda oz, spirt va efirda yaxshi eriydi. Furfurolning kimyoviy xossalari benzoat aldegidnikiga oʻxshaydi. Oʻsimlik materiallari (mas, makkajoʻxori oʻzagi, sholi qipigʻi)ni gidrolizlab olinadi. Furfurol furfuril spirt, tetragidrofurfuril spirt, tetragidrofuran, furan smolalari, divinil, sanoat yelimlari olishda ishlatiladi. Furfurolning baʼzi hosilalari tibbiyotda furatsillin sifatida qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x