PONDISHERI

PONDISHERI, Puttucheri — Hindistondagi ittifoqdosh hudud. Mayd. 492 km2. Aholisi 974 ming kishi (2001), tamil, telugu, malayalam, ingliz va fransuz tillarida soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Pondisheri sh. P. chogʻroq va bir-biridan alohida joylashgan 4 ta qudud — Pondisheri, Ka-raikal, Yanai va Maxedan iborat. Relyefi — dengiz boʻyi pasttekisligi. 1670-y. lardan 1954-y. gacha Fransiyaning Hindistondagi mulki boʻlgan.

Hududlarning bir-biridan uzoqda joylashganligi sababli ularni maʼmuriy boshqarish va xoʻjaligini rejalashtirish murakkab. Iqtisodiy faol axrlining 45% q. x. da band. Ekin maydonining 90% sugʻoriladi. Sholi yetishtirish yetakchi oʻrinda, shuningdek, kokos palma-si, shakarqamish, yer yongʻoq, paxta, tariq ekiladi. Pondisherida 20 dan ortiq yirik (ip gazlama, shakar-kand va b. oziq-ovqat) korxonalari ishlab turibdi. Qogʻoz va farmatsevtika z-dlari bor. Mayda va kustar sanoati rivojlangan. Ular tarkibida metallsozlik, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud, kompyuter ishlab chiqariladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Karaikal sh. da qishloq xoʻjaligi in-ti bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x